35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hudud faollari ishtirok etdi.
янв.21
🔵Yangi imkoniyatlar va ulkan marralar sari
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Buxoro tumani Koʻchkoʻmar MFYda sayyor qabul oʻtkazdi.
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Xalq deputatlri tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi

Xalq deputatlri tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi

✅ Bugun tuman hokimi B.Sh.Shukurov, xalq deputatlari Boysun tumani Kengashi deputati F.Tursunqulov, mahalla xodimlari bilan hamkorlikda Avlod saylov okrugida bo‘lib, hududdagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

✅ O‘rganish davomida aholi tomonidan ko‘tarilayotgan masalalar, hudud infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish va fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish bilan bog‘liq muammolarga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi mahalliy Kengashi qarorlari asosida, xususan, Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026 yil 3 martdagi “Boysun tumanida 2026 yil davomida “Og‘ir tuman” dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar uchun zarur infratuzilmaviy shart-sharoitlar yaratish hamda tumandagi “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” va “og‘ir” toifadagi mahallalarning ixtisoslashuvini chuqurlashtirishga qaratilgan manzilli dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-20-18-8-110-K/26-sonli qarori doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

✅ Joylarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishish asnosida belgilangan vazifalarning ijrosi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va aholi manfaatlarini ta’minlash masalalari yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 6