35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hudud faollari ishtirok etdi.
янв.21
🔵Yangi imkoniyatlar va ulkan marralar sari
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Buxoro tumani Koʻchkoʻmar MFYda sayyor qabul oʻtkazdi.
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyat mudiri Q.O‘tayev hamda tuman Kengashi deputati G‘.Saitboyev tomonidan tuman Kengashining VII-24-18-9-127-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mazkur qaror asosida tuman mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan 5 ta mahallada yangi qurilgan sug‘orish tarmoqlariga o‘rnatilgan nasos stansiyalarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida quyosh panellarini xarid qilish va o‘rnatish uchun ajratilgan 200,0 mln so‘m mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda qarorda belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘rib chiqildi.
Mazkur mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi natijasida nasos stansiyalarini muqobil energiya manbalari orqali barqaror ishlatish, sug‘orish tarmoqlarining uzluksiz faoliyatini ta’minlash va qishloq xo‘jaligi yerlarini suv bilan ta’minlash samaradorligini oshirish ko‘zda tutilgan.
O‘rganish yakunida qaror ijrosini to‘liq va sifatli ta’minlash, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda o‘rnatilgan quyosh panellarining barqaror ishlashini nazoratga olish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5