35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔵Yangi imkoniyatlar va ulkan marralar sari
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Buxoro tumani Koʻchkoʻmar MFYda sayyor qabul oʻtkazdi.
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📋 SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILADIGAN MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANISH OLIB BORILDI

📍 Sherobod tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doirasida o‘rganish olib borildi.

♿️ O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, tibbiy xizmatlardan foydalanishi hamda davlat xizmatlaridan foydalanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔎 Shuningdek, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, nogironligi bo‘lgan shaxslarning murojaatlari, mavjud muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

📝 O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar shakllantirilib, tuman Kengashi Kotibiyatiga taqdim etish uchun umumlashtirilmoqda.

🏛 Mazkur o‘rganish natijalari Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisida muhokama qilinishi hamda zarur hollarda sessiya muhokamalari va qabul qilinadigan qarorlarda o‘z aksini topishi ko‘zda tutilgan.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 5