35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔵Yangi imkoniyatlar va ulkan marralar sari
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Buxoro tumani Koʻchkoʻmar MFYda sayyor qabul oʻtkazdi.
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Mahallada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Azmetov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “S.Xondayliqiy” mahallasida yoshlar yetakchisi N.Tojiboyevning yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlari o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida mahallada jami 85 nafar yoshlar istiqomat qilishi, ularning ijtimoiy holati, ta’lim olishi, bandligi va mavjud muammolari tahlil qilindi. Xususan, 19 nafar yosh maktab o‘quvchisi va talaba bo‘lib, ayni vaqtda vaqtincha ishsiz ekani aniqlandi. Yoshlar yetakchisining har bir yosh bilan individual ishlash, ularning qiziqish va qobiliyatlarini o‘rganish, bandligini ta’minlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Joriy yilning boshidan mahalladagi 4 nafar yoshning bandligi ta’minlanganligi, ularga munosib ish o‘rinlari topish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga yo‘naltirish va daromad manbaini yaratish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilganligi ta’kidlandi.

🔺Shu bilan birga, vaqtincha ishsiz yoshlarning har biri bilan alohida ishlash, ularning kasbiy qiziqishlarini aniqlash va mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish muhimligi qayd etildi. Ayniqsa, ta’lim olayotgan yoshlarning o‘qish jarayoniga xalaqit bermagan holda kasb-hunar va zamonaviy ko‘nikmalarni egallashi uchun imkoniyatlar yaratish masalasiga e’tibor qaratildi.

🔺Deputat tomonidan yoshlar yetakchisiga mavjud 19 nafar vaqtincha ishsiz yoshning bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli ishlarni kuchaytirish, har bir yoshning muammosini alohida o‘rganish va uning yechimi bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2