35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔵Yangi imkoniyatlar va ulkan marralar sari
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Buxoro tumani Koʻchkoʻmar MFYda sayyor qabul oʻtkazdi.
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 🏥 Tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari o‘tkazildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-"Mehnatobod" saylov okrugi deputati S. Irisov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov ishtirokida "Dehqonariq" mahallasida joylashgan 83-son oilaviy poliklinikasida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida tibbiyot sohasida mavjud muammolar, taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan fikr almashildi.

📋 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-avgustdagi O‘RQ–633-son "Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan tibbiyot xodimlari o‘rtasida savolnoma asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

💬 O‘rganish jarayonida odam savdosidan jabrlangan shaxslarni reabilitatsiya qilishda tibbiyot muassasalarining o‘rni, ularga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish tartiblari, shuningdek, odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash va ularning oldini olish borasida tibbiyot xodimlarining bilim hamda xabardorlik darajasi baholandi.

✅ Tadbir yakunida qonunchilik talablarini samarali amalga oshirish, profilaktika ishlarini kuchaytirish va hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5