Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Botir Zaripov Buxoro shahridagi 30-maktabda “Mustaqillik darsi”da ishtirok etdi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hudud faollari ishtirok etdi.
янв.21
🔵Yangi imkoniyatlar va ulkan marralar sari
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Buxoro tumani Koʻchkoʻmar MFYda sayyor qabul oʻtkazdi.
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
#o'rganish #nazorat

Olmaliq shahar Adliya bo‘limining ish samaradorligi va aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar sifati deputatlar e’tiborida.
Xalq deputatlari shahar Kengashining 1-okrug deputati Faxriddin Matasimov hamda 18-okrug deputati Azamat Mavlonov tomonidan Olmaliq shahar Adliya bo‘limi faoliyati atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Aholi murojaatlari bilan ishlash holati;
Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining tezkorligi va sifati;
Qonun hujjatlarining joylarda to‘g‘ri ijro etilishi hamda huquqiy targ‘ibot tadbirlarining samaradorligi.
Deputatlar tomonidan bo‘lim faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish va yuzaga kelayotgan masalalarni qonuniy hal etish borasida tegishli taklif hamda tavsiyalar bildirildi.
Xalq vakillarining bu kabi o‘rganishlari davlat organlari faoliyatining ochiqligi va xalqqa yaqinligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4