35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
XALQABOG‘ MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARIGA DEPUTAT HAM MUNOSIB HISSA QO‘SHMOQDA👇👇👇

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-iyuldagi 65-sonli bayonnomasi bilan belgilangan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida Yunusobod tumanining Xalqabog‘ mahallasida obodonlashtirish ishlari keng ko‘lamda davom etmoqda.

🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Omonov Erkin Botirovich mahalla faollari va tegishli tashkilotlar vakillari bilan birgalikda hududni obod qilish, sanitariya holatini yaxshilash hamda yashash muhitini yanada fayzli va ozoda etishga qaratilgan hashar tadbirlarida faol ishtirok etdi.

🌳Tadbir davomida ko‘chalar va jamoat joylari tartibga keltirildi, hududni tozalash hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

➡️Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputatlari tomonidan mahallalarni yanada obod etish, fuqarolar uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan amaliy ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4