35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Botir Zaripov Buxoro shahridagi 30-maktabda “Mustaqillik darsi”da ishtirok etdi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hudud faollari ishtirok etdi.
янв.21
🔵Yangi imkoniyatlar va ulkan marralar sari
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Buxoro tumani Koʻchkoʻmar MFYda sayyor qabul oʻtkazdi.
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
13-Umid saylov okrugida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

13-Umid saylov okrugida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati G. Hasanova hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanova 13-Umid saylov okrugi hududidagi "Ma'rifat" mahallasida fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan dolzarb masalalar, jumladan, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifati, bandlik va ijtimoiy himoya masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borish, ularning muammo va takliflarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda ijobiy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta'kidlandi.

Slide 1 of 2