35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Botir Zaripov Buxoro shahridagi 30-maktabda “Mustaqillik darsi”da ishtirok etdi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hudud faollari ishtirok etdi.
янв.21
🔵Yangi imkoniyatlar va ulkan marralar sari
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Buxoro tumani Koʻchkoʻmar MFYda sayyor qabul oʻtkazdi.
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Olmazor tumanida manzillar bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi

#deputat_tashabbusi #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #Deputat_daftari

❗️Fuqarolar murojaati deputatlik nazoratida: Olmazor tumanida manzillar bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Davronbek Ravshanbekov, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Shahnoza Umarxo‘jayeva hamda ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda fuqarolar murojaati asosida Olmazor tumani “Ziyokor” MFY hududida joyiga chiqib o‘rganish ishlarini olib bordi.

🔎 O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat yuzasidan hududdagi manzillar bilan bog‘liq muammo atroflicha tahlil qilindi. Aniqlanishicha, amalda ikkita Mirza G‘olib ko‘chasi mavjud bo‘lib, ularning har ikkalasida ham 3-raqamli uy joylashgan. Mazkur holat fuqarolar, pochta va kuryer xizmatlari, tez tibbiy yordam, kommunal hamda boshqa xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyatida manzilni aniqlashda muntazam chalkashliklarni keltirib chiqarmoqda.

📁 Xususan, birinchi manzil kadastr hujjatlarida “Mirza G‘olib ko‘chasi, 1-uchastka, 3-uy” sifatida qayd etilgan bo‘lsa, ikkinchi manzil esa hujjatlarda “Mirza G‘olib ko‘chasi, 3-uy” tarzida rasmiylashtirilgan. Shu sababli fuqarolar murojaatlari, rasmiy hujjatlar va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida turli noqulayliklar yuzaga kelayotgani ta’kidlandi.

📉 O‘rganish jarayonida ishchi guruh tomonidan mavjud holat joyida ko‘zdan kechirilib, mahalla faollari va fuqarolar bilan muloqot qilindi. Manzillarni yagona tartibga keltirish, hujjatlardagi ma’lumotlarni aniqlashtirish hamda kelgusida bunday chalkashliklarning oldini olish bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.

🤝 Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlariga alohida e’tibor qaratilib, mazkur masalani qonunchilik doirasida hal etish, zarurat tug‘ilganda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish hamda ijro jarayonini deputatlik nazoratida olib borish ta’kidlandi.

✅ Yakunda Davronbek Ravshanbekov fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish, ularni tezkor va amaliy hal etish hamda davlat xizmatlari sifatini oshirish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini qayd etdi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7