Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Botir Zaripov Buxoro shahridagi 30-maktabda “Mustaqillik darsi”da ishtirok etdi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hudud faollari ishtirok etdi.
янв.21
🔵Yangi imkoniyatlar va ulkan marralar sari
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Buxoro tumani Koʻchkoʻmar MFYda sayyor qabul oʻtkazdi.
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📌 Deputatlik nazorati doirasida maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rganildi

🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S.Irisov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov "Dehqonariq" mahallasi hududida joylashgan 31-son maktabgacha ta’lim tashkilotida deputatlik nazorati olib borildi.

🔍 Deputatlik nazorati davomida muassasada ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazaning holati hamda tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz va qulay muhitni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

📊 Shuningdek, muassasa faoliyati davomida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🤝 Nazorat davomida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish hamda maktabgacha ta’lim xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Deputatlik nazorati fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlari sifatini oshirish, bolalar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish hamda maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosini samarali ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4