Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Botir Zaripov Buxoro shahridagi 30-maktabda “Mustaqillik darsi”da ishtirok etdi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hudud faollari ishtirok etdi.
янв.21
🔵Yangi imkoniyatlar va ulkan marralar sari
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Buxoro tumani Koʻchkoʻmar MFYda sayyor qabul oʻtkazdi.
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari Sh.Eshbayev, G.Qorayeva, Y.Berdiyarov hamda N.Turdiyevlar tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati o‘rganildi.

O‘rganish davomida deputatlar davolanayotgan bemorlar bilan bevosita muloqot qilib, ularga yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati hamda mavjud muammo va takliflar yuzasidan suhbatlashdilar. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish bo‘yicha mas'ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Deputatlar tomonidan bu kabi o‘rganishlar aholining sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanishini ta'minlash hamda fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish maqsadida izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4