Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
Aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi

 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi raisi Sattarxo‘ja Akbarov “Farovon” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish masalalarida mahalla faollari va ehtiyojmand oilalar vakillari bilan uchrashdi. 

Deputat tomonidan keng ko‘lamli islohotlar, prezidentimiz farmon va qarorlarining mazmuni hamda ularning mahalla aholisi hayotidagi muhim ahamiyati haqida batafsil tushuntirildi. 

Mahallada ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga borasida fikr almashildi. 

🔹 Mahallada ehtiyojmandlar ro‘yxatida turgan oilalarga g‘alladan bo‘shagan maydondan to‘rt gektar ajratildi. Takroriy ekin ekib, xalqimiz dasturxoni to‘kinligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayapti. Bu, o‘z navbatida, ehtiyojmand fuqarolarga qo‘shimcha daromad olish uchun yaxshi imkoniyatdir. Ayni vaqtda ajratilgan yerda qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan mosh yetishtirilib, daromad olish maqsad qilinmoqda. 

Deputat “Farovon” mahalla fuqarolar yig‘inida 20 ta ehtiyojmand oilaga takroriy ekin - mosh yetishtirish uchun 4 gektar yer maydoni ajratilishida ishtirok etish bilan birga ijtimoiy-iqtisodiy ko‘makka muhtoj oilalar a’zolari bilan ochiq muloqotda bo‘ldi. 

🔹 Takroriy ekin yetishtirish ham mashaqqatlardan holi emas. Eng muhimi, qishloq xo‘jaligidagi bu kabi amaliy ishlar aholining ishsiz qatlami bandligini ta’minlash,
farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1