Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
#24_ta_masala 📌 Mahallada ijtimoiy xizmatlar sifati va ijtimoiy yordamlar ajratilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov hamda tuman Kengashi deputati M.Raximov Bog‘bon mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati va aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash, ularga zarur ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy yordam mexanizmlarining samaradorligi tahlil qilindi.

Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash, ularning o‘z vaqtida va manzilli yetkazilishini ta’minlash, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ehtiyojmand oilalar bilan individual ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Ta’kidlanganidek, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimining samarali tashkil etilishi, ayniqsa, ehtiyojmand fuqarolar va oilalarning turmush darajasini yaxshilash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✅ O‘rganish yakunida ijtimoiy xizmatlar sifati va qamrovini yanada oshirish, davlat tomonidan berilayotgan yordamlarning manzilliligini ta’minlash hamda fuqarolar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4