35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
Bo'libo'tgan sessiy 27-sessiyda SESSYA JARAYONI: 7-chaqiriq 27-sessiya kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan doimiy komissiya xulosalari shiib eshitirildi.

 SESSYA JARAYONI: 7-chaqiriq 27-sessiya kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan doimiy komissiya
xulosalari shiib eshitirildi.
 

11-iyun kuni Xalq deputatlari
Piskent tumani Kengashining 7-chaqiriq 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada
tuman Kengashi deputatlari, mas'ul idora va tashkilot rahbarlari ishtirok
etishdi.
 

Sessiya kun tartibiga
kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli doimiy komissiya raisi va a’zolarining
yakuniy xulosalari eshitildi hamda quyidagi ma'ruzachilarning hisobot va
axborotlari atroflicha muhokama qilindi:
 

1️ Tuman byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish: 

· Hisobot beruvchi: Piskent tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va
kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman
iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i M.Miryunusov.
 

· Mavzu: Tuman byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni
maqsadli yo‘naltirish to‘g‘risida.
 

2️ “Yashil jamoat parki”ni tashkil etish: 

· Hisobot beruvchi: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim
o‘zgarishi inspeksiyasi boshlig‘i Sh.Ubaydullayev.
 

· Mavzu: Piskent tumani “Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida “Yashil jamoat parki” tashkil etish
to‘g‘risida.
 

3️ Doimiy komissiyalar tarkibiga o‘zgartirish kiritish: 

· Axborot beruvchi: “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik
masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi T.Azamatov.
 

· Mavzu: Xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va
ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi hamda “Mahalliy byudjet,
tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha”
doimiy komissiyasi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.
 

Sessiya kun tartibidagi
barcha masalalar deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama qilinib, doimiy
komissiya raislarining xulosalaridan so‘ng tegishli qarorlar qabul qilindi
. 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/  

Slide 1 of 2