Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Deputatlarining haftalik faoliyati bo‘yicha reja-grafik tasdiqlandi

#reja_jadval #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlarining haftalik faoliyati bo‘yicha reja-grafik tasdiqlandi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlarining saylangan okruglarida aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, mahallalardagi mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda ularni tizimli hal etish maqsadida haftalik faoliyat bo‘yicha reja-grafik tasdiqlandi.

📌 Mazkur reja-grafikka muvofiq, Toshkent shahar Kengashi deputatlari o‘z deputatlik okruglaridagi mahallalarda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda fuqarolar bilan uchrashuvlar, sayyor qabullar va hududiy o‘rganishlar olib boradi. Jarayonda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar aniqlanib, ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘riladi.

🤝 Uchrashuv va o‘rganishlar jarayonida ijroiya hokimiyat organlari, tegishli boshqarma va tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtiroki ta’minlanib, ko‘tarilgan masalalarni tezkor hal etish, fuqarolar murojaatlarini manzilli ko‘rib chiqish va ijrosini nazoratga olish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi.

📰 Shuningdek, deputatlarning hududlarda amalga oshirayotgan ishlari, olib borilgan o‘rganishlar natijalari, ko‘tarilgan muammolar va ularning yechimi bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar ijtimoiy tarmoqlar, televideniye, radio va bosma nashrlar orqali muntazam yoritib boriladi.

✅ Ushbu reja-grafik deputatlarning joylardagi faolligini oshirish, xalq bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda hududlardagi muammolarni tizimli va samarali hal etishga xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube

Slide 1 of 5