Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida ko‘p kvartirali uylar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi PQ-48-sonli “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot tinglandi.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda ayrim manzillarda amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Jumladan, Zuxro MFYdagi Zuxro ko‘chasi 19-uy hamda 43-ko‘p kvartirali uylar tutash hududida bolalar maydonchalarini qurish va ta’mirlash ishlari boshlandi.
Yig‘ilishda deputatlar tomonidan belgilangan loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish hamda ko‘p kvartirali uylar hududlarini yanada obod qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 5