Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita” hamda uning doirasida tumanda aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, ishsizlik va kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan vazifalar ijrosi yuzasidan tizimli o‘rganishlar olib borilmoqda.

Xususan, mazkur “Yo‘l xarita”ning 38-bandida belgilangan — yangi ish o‘rinlari yaratish orqali 3 291 nafar aholi bandligini ta’minlash vazifasi ijrosi yuzasidan tuman Kengashi kotibiyat mudiri, deputat Xusnara Berdiyarova hamda tuman deputati Karomat Karimovalar tomonidan tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida joyiga chiqib o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganish davomida tashkilot tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar tahlil qilindi. Jumladan, 2026-yil 1-chorak uchun 446 nafar fuqaroni doimiy ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda 894 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirilib, belgilangan reja 200,4 foizga bajarilgani qayd etildi.

Shuningdek, 2026-yil yanvar–mart oylarida norasmiy bandlikni qisqartirish va yashirin iqtisodiyotdan chiqarish borasida amalga oshirilgan ishlar ham ko‘rib chiqildi. Mazkur yo‘nalishda reja ko‘rsatkichlari ortig‘i bilan bajarilib, (amalda 259 nafar, rejada 520 nafar 200,8%) ijobiy natijalarga erishilgani ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosalar qilinib, ish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, qo‘shimcha ma’lumotlarni yozma ravishda tuman Kengashi kotibiyatiga taqdim etish yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 5