Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
#Eko_harakat #yashil_makon #deputat_faoliyati #Andijon_shahar Andijonlik deputatlar “Mening bog‘im” loyihasida faol ishtirok etmoqda

#Eko_harakat #yashil_makon #deputat_faoliyati #Andijon_shahar  

Andijonlik deputatlar “Mening bog‘im” loyihasida faol ishtirok etmoqda 🌱

O‘zbekistonda “Mening bog‘im” dasturi doirasida yaratuvchilik ishlari yanada jadallashmoqda 🌿 Davlat rahbarining “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida bildirgan fikrlari yurtdoshlarimizni faollikka undadi. Hududlarda yashil bog‘lar yaratish, aholi va deputatlar ishtirokini kengaytirish borasidagi tashabbuslar jamoatchilik tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanmoqda 🤝

Jumladan, Andijonlik mahalliy kengash deputatlari ham bu chaqiriqqa amaliy javob bermoqda. Yangi tashkil etilgan Bobur shahrida “Adolat” bog‘ini barpo etish ishlari boshlandi 🌳 Ushbu xayrli tashabbusda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Q.Qayumov hamda “Adolat” SDP Andijon viloyati Kengashi mutasaddi rahbarlari faol ishtirok etmoqda.

Partiya faollari va deputatlar tomonidan manzarali ko‘chatlar ekilib, yangi yashil hudud barpo etilmoqda 🌼 Bu tashabbus aholi tomonidan ham iliq kutib olinib, ularning ishtirokida yanada kengaymoqda.

Deputat har bir ishda tashabbuskor va faol bo‘lishi lozim. Biz boshlagan ishga aholi ham keng jalb etilmoqda. Bugun ekilayotgan har bir ko‘chat kelajak avlod uchun munosib meros, sog‘lom muhit poydevori hisoblanadi 🌍

Ta’kidlash joizki, barpo etilayotgan har bir yashil bog‘ aholi yashash hududlariga yaqin, suv ta’minoti mavjud bo‘lgan joylarda tashkil etilmoqda 💧 Bu esa ko‘chatlarning parvarishi va bog‘larning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi.

Shubhasiz, bunday ezgu tashabbuslar yurtimiz tabiatini yanada go‘zallashtirib, ekologik muhitni yaxshilashga xizmat qiladi 🌸

Slide 1 of 5