35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hudud faollari ishtirok etdi.
янв.21
🔵Yangi imkoniyatlar va ulkan marralar sari
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Buxoro tumani Koʻchkoʻmar MFYda sayyor qabul oʻtkazdi.
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Aholining ichimlik suv ta'minoti va oqova suv xizmatlari bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish to'g'risida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 oktyabrdagi “Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimii yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-343-sonli qarori ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputatlari tomonidan tekshirish o‘tkazilganda iste’molchilarni toza va sifatli ichimlik suv bilan ta’minlash hamda oqova suv xizmatlarini yaxshilash borasida ko‘rilayotgan izchil choralarni yanada jadallashtirish, ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari qamrovini oshirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilayotganligi aniqlandi. Jumladan, bugungi kunda Payariq tumanida 8700 ta toza ichimlik suvi o‘tkazilgan xonadonlar bo‘lib, ularning 8300 tasiga suv o‘lchagichlar o‘tkazilgan. Mazkur qarorda ko‘rsatilgan ichimlik suvni ishlab chiqarishdan boshlab yakuniy iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan samarali tizimni joriy etish, ichimlik suvni hisobga olish, suv hisoblagichlarni to‘liq o‘rnatish va yo‘qotishlarni kamaytirish, sohani raqamlashtirish, uzluksiz, sifatli va xavfsiz xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash chora tadbirlariga muvofiq hozirda bosqichma bosqich suv hisoblagichlar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, qarorda ko‘rsatilgan mavjud suv inshootlari va tarmoqlariga hamda yakuniy iste’molchilarga suv hisoblagichlarni o‘rnatish orqali suv hajmi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish, sohada energiya tejovchi texnologiyalarni va qayta tiklanuvchi manbalarni keng joriy etish hisobiga ishlab chiqarish hamda yetkazib berish tannarxi va xarajatlarini kamaytirish, ichimlik suv ta’minoti korxonalarining operasion samaradorligini oshirish, debitor va kreditor qarzdorliklarni qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish orqali ularning moliyaviy holatini yaxshilash vazifalarini amalga oshirish mobaynida suv yetkazib berish tannarxi va xarajatlarini kaaytirish, mavjud debitor va kreditor qarzdorliklarni qisqartirish ishlari ham amalga oshirilmoqda.

Azamat TAVBOYEV

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining, sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi.

Slide 1 of 1