Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiyada Buxoro viloyatida 2026-yilda ishga tushiriladigan drayver loyihalarining manzilli dasturi koʻrib chiqildi
янв.21
KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda komissiya aʼzolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi xodimlari, NNTlar, milliy madaniy markazlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoro viloyatining 2026-yilgi strategik taraqqiyot yo‘nalishlari doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
“Senator va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Хalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Tibbiyot fidoyisiga munosib eʻtirof!
“Korrupsiyani yengishni kaliti - Ochiqlik va oshkoralik”

Korrupsiya har qanday davlatning taraqqiyotiga jiddiy to‘sqinlik qiluvchi omildir. Bu illat jamiyat ishonchini yemiradi, iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi va davlat bilan xalq o‘rtasidagi masofani yanada uzoqlashtiradi. Shuning uchun, korrupsiya bilan kurashish nafaqat davlatning, balki har bir fuqaroning ham muhim vazifasidir. Bu jarayonda eng kuchli vosita ochiqlik va oshkoralik tamoyillaridir. Aynan shaffof boshqaruv korrupsiyaga qarshi kurashni samarali amalga oshirishga imkon yaratadi. 

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishda katta o‘zgarishlar qilinib, davlat boshqaruvi tizimiga shaffoflikni keng joriy etish bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish
bo‘yicha qabul qilingan qonunlar amaliy natijalar bera boshladi. Bugungi kunda davlat xaridlari ochiq elektron tenderlar orqali o‘tkazilayotgani, litsenziya va ruxsatnoma berish jarayonlarining onlayn tizimga o‘tkazilgani mansabdorlar bilan bevosita aloqani kamaytirib, korrupsiya xavfini sezilarli darajada qisqartirmoqda. 

Shuni aytish lozimki davlat idoralaridagi ochiqlik jamoatchilik nazoratining kuchayishiga olib keladi. Har bir fuqaro davlat mablag‘lari qayerga sarflanayotgani, qanday loyihalar tanlanganini, qanday natijalar kutilayotganini bilsa, korrupsiya uchun zamin qisqaradi. O‘zbekiston parlamenti va deputatlari ham ushbu jarayonlarning markazida turib, soha bo‘yicha tahlillar olib bormoqda, qonunchilik tashabbuslari bilan chiqmoqda, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rmoqda. Ayniqsa, manfaatlar to‘qnashuvi, davlat xaridlari, byudjet ochiqligi va normativ hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini kuchaytirish borasida muhim ishlarga qo‘l urildi. 

Deputat sifatida bizning vazifamiz har qanday qaror, loyiha yoki tashabbusning aholi uchun ochiq bo‘lishini ta’minlash, tanqidiy fikrlar va fuqarolar murojaatlarini muntazam eshitish, ularni hal etishda faol ishtirok etishdir.  

“Ochiqlik bo‘lsa ishonch bo‘ladi.
Ishonch bo‘lsa taraqqiyot bo‘ladi.”

Korrupsiya esa ishonchni yemiruvchi illatdir. Shuning uchun ham biz, xalq vakillari, har bir bosqichda shaffoflikni ta’minlash, aholining korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatinishakllantirishga mas’ulmiz. 

Bugun yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha aniq siyosat va amaliy mexanizmlar shakllanmoqda. Ammo eng muhim omil xalqning faolligi va davlatning ochiqligidir. Zero, korrupsiya - faqat bir idoraning yoki bir mansabdor shaxsning muammosi emas, balki jamiyatning umumiy dardidir. Uni yengish esa faqat shaffoflik, oshkoralik va birlashgan kuch bilan mumkin. 

“Ochiqlik - taraqqiyot poydevori
“Oshkoralik - adolat garantiyasidir”.

O.Mamatqulov
Jizzax viloyat Kengashi deputati