Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Yurt tinchligi yoʻlida xizmat qilgan faxriyga hurmat va eʼtibor
янв.21
"Sharq" mahallasida soliq bazasi va tushumlar tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali ochildi
янв.21
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
Maxsus iqtisodiy zonalar — ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik kafolati

🔹Tashkil etilgan maxsus iqtisodiy, kichik sanoat va yoshlar sanoat zonalari faoliyatidagi muammolarni aniqlash, ularni hal etishga ko‘maklashish, shuning bilan birga mazkur zonalarda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilish muhim ahamiyatga ega.

🔹Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi deputati Nasibaxon Imomaliyeva va tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman Kengashining apparat rahbari Dilfuzaxon Nishonova tadbirkorlik sub’ektlariga amaliy yordam berish, ular muammolarini o‘rganish maqsadida tumandagi “VIKOR METAN” MChJ qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdilar. Ushbu tadbirkorlik sub’ekti tomonidan avtomobillar uchun ishlab chiqarilgan gaz balonlar tashqi va ichki bozorlarga yetkazib berilmoqda. Investitsiya maydoni to‘rt gektarni tashkil etadigan tadbirkorlik sub’ekti o‘z faoliyatini rivojlantirishi natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilib, hozirgi kunda 110 nafar ishchi-xodimlar mehnat qilmoqdalar. Hududda mana shunday iqtisodiy barqaror ishlab chiqarish korxonalarining rivojlanishi aholi farovonligini ta’minlayapti.

                                                                                                          Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 1