35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hudud faollari ishtirok etdi.
янв.21
🔵Yangi imkoniyatlar va ulkan marralar sari
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Buxoro tumani Koʻchkoʻmar MFYda sayyor qabul oʻtkazdi.
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Deputat har bir fuqaroning murojaati yuzasidan amaliy yechim topish yo‘lida

 Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati S.Xodjayeva 11-“Do‘stlik” saylov okrugida o‘zining
navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi. 

Uchrashuvda Do‘stlik “Mahalla yettiligi” vakillari ishtirokida aholining xonadonlariga borib
ularning muammolari yuzasidan suhbat o‘tkazildi.  

Deputat mahalladagi aholi bandligini ta’minlash, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli
tashkil etish, ayollar daftarining yuritilshi, keksa va nogironlarga ijtimoiy
yordam ko‘rsatish kabi masalalarda amalga oshirilgan ishlarini o‘rganib
chiqildi. 

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, 10 dan ortiq
murojaatlar joyida hal qilindi. Muddat talab qiladigan masalalar tegishli tashkilotlarga
yo‘naltirilib, shahar idoralari rahbarlari ishtirokida ijrosi qat’iy nazoratga
olindi. Shuningdek, deputat "Mahalla yettiligi" tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. mahalla xodimlari tomonidan
bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish
yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi. 

Slide 1 of 4