35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
19-fevral kuni xalq deputatlari Bag‘dod tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 19-fevral kuni xalq deputatlari Bag‘dod tuman
Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
 

Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov
ishtirok etdi.
 

Sessiyada lavozimidan ozod etilgan Yusufjon Xusainov o‘rniga
yangi tuman hokimini tayinlash bilan bog‘liq tashkiliy masala ko‘rildi.
 

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim
etilgan Soliyev G‘anijon Sheraliyevich nomzodi Bag‘dod tumani deputatlari
tomonidan yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlandi va hozirga qadar Bag‘dod tumani
“Xo‘jaqishloq” MFYda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash
va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi bo‘lib
ishlab kelgan G‘anijon Soliyev Bag‘dod tumani hokimi etib tasdiqlandi.
 

G‘anijon Soliyev 1979-yilda Bag‘dod tumanida tug‘ilgan.
Toshkent moliya institutini iqtisodiyot yo‘nalishida tamomlagan. Mehnat
faoliyatini 2002-yilda Uchko‘prik tumani moliya bo‘limida boshlagan. Turli
yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ijtimoiy soha va aholini
moliyalashtirish bosh boshqarmasida, Farg‘ona viloyati moliya boshqarmasida,
Farg‘ona shahar va Bag‘dod tumani moliya bo‘limlarida mas’ul lavozimlarda
ishlagan.
 

2014-2017 yillarda Oltiariq tumani hokimining o‘rinbosari,
2017-2020 yillarda Bag‘dod tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida
faoliyat olib borgan. 2020-2022 yillarda Farg‘ona viloyati hokimligi moliya
bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
G‘anijon Soliyev 2022-yil
11-yanvardan buyon Bag‘dod tumani “Xo‘jaqishloq” MFYda hokim yordamchisi bo‘lib
faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
 

Slide 1 of 4