35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Tashabbusli budjet" – xalq tashabbusi va taraqqiyot mezoni.
янв.21
Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari ijrosi yuzasidan hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari “Buxoro viloyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasini koʻrib chiqdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi
янв.21
Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jasurbek Jonibekov Qavola Mahmud MFYda sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
“Gulistonobod” mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Prezidentning yangi Farmoni bo‘yicha munosabat bildirdi.

Keyingi yillarda mahalliy Kengashlar, xususan, vakillik organlarining roli tobora ortib borganining guvohi bo‘layapmiz. Ayniqsa, deputatlarning turli korxona-tashkilotlarga murojaati ijobiy yechim topayotgani, deputatning so‘zi, o‘z saylov okrugidagi saylovchilar manfaatlarini ko‘zlab yozgan so‘rovnomalari va murojaatlari javobsiz qolmayotgani, sessiyalarda turli davlat hokimiyati organlarining rahbarlari hisobotlarini tinglab, kerakli xulosalar chiqarilayotgani, bularning barchasining zamirida ulkan istiqbolli islohotlar samarasi ko‘rinayotgani bor gap. Bu borada muhtaram Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan nihoyatda xalqchil siyosatning o‘ziyoq har birimizni yanada jo‘shqinlik va rag‘bat bilan ishlashga undaydi. 

Jumladan, mamlakatimiz Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida ham bu borada kelgusida bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida asosiy va muhim chora-tadbirlar belgilab berilganidir. Eng quvonarlisi shundaki, ushbu Farmonda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejali va aniq maqsadli etib bayon etilgandir. Mazkur Farmonga muvofiq, qonunchilik hujjatlari ishlab chiqilishi va mustahkamlanishi, Kengash vakolat va funksiyalarining oshirilishi, ilovalarda ko‘rsatilganidek, vakolatlarning tizimlashtirilishi, bularning barchasining zamirida yurtimizda bu sohada aniq va xalqchil maqsadlarni ko‘zlab ish olib borilayotganidan dalolat beradi. 

Farmonni o‘qib, yangi o‘zgarishlar haqida juda ko‘p narsalarni bilib olish mumkin. Xalq deputatlari Kengashlarining nazorat funksiyalarini kuchaytirish maqsadida ularga o‘ndan ortiq qo‘shimcha vakolatlar berilayotgani, xususan, prokuratura, adliya, ichki ishlar, moliya, soliq va sog‘liqni saqlash organlari rahbarlarining hisobdorligi belgilab qo‘yilgani ham fikrimizning yaqqol isbotidir. 

Ayniqsa, mahalliy Kengashlar, ularning organlari hamda deputatlarning nazorat faoliyatini takomillashtirish, samarali nazorat mexanizmlarini shakllantirish, mahalliy Kengashlar tomonidan hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalar yuzasidan Oliy Majlis Senatiga takliflar kiritish mexanizmini belgilash, deputatlarning maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirish, bularning barchasi kelgusida deputatlarning omma oldidagi obro‘yini ko‘tarish bilan birga ularning samarali ishlashiga ham ijobiy ta’sir etadi.  

Yana bir asosiy jihati shundaki, Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga xorijiy davlatlarning yetakchi ekspertlarini jalb qilinishi va ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish uchun xizmat va o‘quv safarlari tashkil etilishi, vazirlik va idoralar qonunchilik hujjatlari bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni hokimiyat organlari o‘rtasida ixtisoslashtirish bo‘yicha takliflarni kiritilishidir. Ko‘rinib turibdiki, ushbu islohotlarning pirovard maqsad muddaosi kelajakda amalga oshiriladigan aniq maqsadli ishlarni qonuniy va huquqiy jihatdan oqilona hal etish va deputatlar Kengashining o‘rnini yanada yuksaltirishdan iboratdir. Bu ishlar kelajakda o‘zining samarasini berishi aniq. 

Umar OMONOV,

Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati.

Slide 1 of 1