Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettichi chaqiriq 24- sessiyasini chaqirish kunini o'zgartirish haqida
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq yigirma to‘rtinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
янв.21
#munosabat
янв.21
📍Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi 25-dekabr kuniga tuman hokimligining majlislar zalida o‘tkaziladi
янв.21
Konstitutsiya-shaxs daxlsizligining kafolatidir
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman kengashining 21-sessiyasi chaqirildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik amal qiladi.
янв.21
Konstitutsiya — davlatning mustahkam tayanchi
янв.21
Inson-eng oliy qadriyat!
янв.21
🏗 Davlat dasturi ijrosi deputatlar na’zoratida
Uchquduq tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Uchquduq tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari yettinchi sessiyasi ZOOM platformasi orqali videokonferens aloqa tarzida bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibida bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.

Birinchi masala sifatida tumanda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida tanlangan mahallalarda elektr energiyasini barqaror yetkazib berilishini yaxshilash bo‘yicha dasturga kiritilgan takliflar ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan tuman Elektr ta’minoti korxonasi bosh muhandisi R. Navruzov axborot berdi va deputatlar tomonidan dastur doirasidagi takliflar ma’qullandi.

Ikkinchi masala sifatida tumanda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Bu borada xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi G. Allanova axborot taqdim etdi. Sessiya ishtirokchilari tomonidan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan tashabbuslarni kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Uchinchi masala sifatida 2025-yil tuman mahalliy budjetining yil boshidagi erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘lar ajratish masalasi ko‘rib chiqildi. Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i J. Bobomurodov ushbu mablag‘larni samarali taqsimlash bo‘yicha axborot berdi. Deputatlar tomonidan ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligi va maqsadli ishlatilishi muhimligi ta’kidlandi.

Sessiya kun tartibidagi asosiy masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, sessiya davomida qo‘shimcha masalalar ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, tumandagi sport maktabi faoliyati yuzasidan 2025-yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar haqida muhokama bo‘lib o‘tdi. Ushbu masala yuzasidan Uchquduq tuman sport maktabi direktori U. Salimov hisobot taqdim etdi.

Mazkur sessiya davomida qabul qilingan qarorlar tumanning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi. 

Slide 1 of 6