📍Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yigirma birinchi sessiyasi 12-dekabr kuni soat 15:00 da tuman hokimligining majlislar zalida o‘tkaziladi
⭐️ Bu haqda xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi raisi S.Astonovning bugun, 5-dekabrad qabul qilgan " Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq yigirma birinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:
- “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasi hamda ekologik nazoratni amalga oshirilishi bo‘yicha Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Bulung‘ur tuman bo‘limi boshlig‘i J.Nasimovning hisoboti.
- Tumanda jamoat salomatligi va kasalliklar profilaktikasi, aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligi sohasida olib borilgan ishlar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanitar qoidalarga amal qilinishi holati to‘g‘risida Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Bulung‘ur tuman bo‘limi boshlig‘i I.Samanovning hisoboti.
- Tumanda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechim topish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar faoliyati bilan bog‘liq boshqa sohalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i Z.Bohodirovning hisoboti.
- Tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.
- Bulung‘ur tuman “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.