Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettichi chaqiriq o‘ninchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
янв.21
Matbuoat anjumani
янв.21
⚡️Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettichi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettichi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
янв.21
⚡️Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettichi chaqiriq sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
⚡️Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq, yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi sessiyasi chaqirildi
янв.21
⚡️Yettinchi chaqriq Xalq deputatlari tuman Kengashining 6-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
⚡️Yettinchi chaqriq Xalq deputatlari tuman Kengashining 6-sessiyasi chaqirilmoqda
янв.21
Yettinchi chaqriq Xalq deputatlari tuman Kengashining 5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
JASORAT VA MATONAT SOHIBASI BAYRAM BILAN QUTLANDI

JASORAT VA MATONAT SOHIBASI BAYRAM BILAN QUTLANDI

Bugungi tinch va farovon kunlarga erishish uchun Ikkinchi jahon urushida qon kechgan va g‘alaba bayrog‘i ostida Vatanimizga omon qaytgan yurtdoshlarimiz safi kun sayin tobora kamaymoqda. Ularni qadrlash, asrab-avaylash va hurmat ko‘rsatish bugungi avlodning muqaddas vazifasi hisoblanadi.

Shu maqsadda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qiziltepa tuman bo‘linmasi, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi, “Bo‘ston” mahallasi mas’ullari, yoshlar va jamoatchilik vakillari Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, jasorat va matonat sohibasi, tumanimiz faxri Rashida aya Ishkulova xonadonida bo‘lib, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan tabriklashdi.

Jarayonda Rashida aya o‘z minnatdorchiligini bildirib, tarixiy xotiralarini bo‘lishdi va bugungi osuda kunlar uchun shukronalik keltirishini izhor qildi.

Slide 1 of 6