Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettichi chaqiriq 24- sessiyasini chaqirish kunini o'zgartirish haqida
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq yigirma to‘rtinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
янв.21
#munosabat
янв.21
📍Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi 25-dekabr kuniga tuman hokimligining majlislar zalida o‘tkaziladi
янв.21
Konstitutsiya-shaxs daxlsizligining kafolatidir
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman kengashining 21-sessiyasi chaqirildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik amal qiladi.
янв.21
Konstitutsiya — davlatning mustahkam tayanchi
янв.21
Inson-eng oliy qadriyat!
янв.21
🏗 Davlat dasturi ijrosi deputatlar na’zoratida
Konstitutsiya – baxtimiz qomusi

O‘zbekiston Konstitutsiyasi o‘n ikkinchi chaqiriq bilan Respublika Oliy Kengashining 11-sessiyasi 1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan. Shu kundan e’tiboran, O‘zbekistonda 8-dekabr umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinadi.

O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilgan sanadan e’tiboran dunyo sahnida yangi, suveren davlat qaror topgan bo‘lsa, birinchi Konstitutsiya qabul qilinishi barobarida mustaqillikning huquqiy tamal toshi o‘rnatilgan.

Konstitutsiyaga ko‘ra, O‘zbekiston - boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.

Konstitutsiyada davlatni, jamiyatni rivojlantirishning demokratik omillari belgilab berilgan bo‘lib, unda Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zbekiston Konstitutsiyasida jamiyat hamda davlatning hayotidagi eng muhim masalalar umumiy ovoz (referendum)ga qo‘yilib, hal qilinadi.

Konstitutsiyada O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi hamda Prezidenti ish olib borishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, Davlat hokimiyati esa uchga – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatiga bo‘linadi.

O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.

Mamlakatda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘libgina qolmay, o‘z hududida va uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoyasini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023 yil 1 maydan e’tiboran kuchga kirdi. Bunga 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendum natijasiga ko‘ra 11 ta moddadan iborat tegishli qonunning qabul qilinishi asos bo‘ldi. Bu qonunning 1-moddasiga Konstitutsiyaning yangi tahriri ilova qilingan.

Yangilanish natijasida, bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi. Umuman, rasmiylarga ko‘ra, konstitutsiya 65 foizga yangilangan. Ushbu muhim hujjatni o‘qish, o‘rganish, moddalari haqida bilimlarga ega bo‘lish, uning asosiy prinsiplarini esda tutish hammamiz uchun, fuqarolar, maktabu korxona-tashkilot, muassasayu mahallalarda o‘quv soatlari tashkil etib borish ham qarzu farzdir. 

Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni Konstitutsiyamizning 32 yillik bayrami bilan tabriklaymiz.

Azamat Tavboyev,

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, “Adolat” fraksiyasi rahbari.

Slide 1 of 1