Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettichi chaqiriq 24- sessiyasini chaqirish kunini o'zgartirish haqida
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq yigirma to‘rtinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
янв.21
#munosabat
янв.21
📍Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi 25-dekabr kuniga tuman hokimligining majlislar zalida o‘tkaziladi
янв.21
Konstitutsiya-shaxs daxlsizligining kafolatidir
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman kengashining 21-sessiyasi chaqirildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik amal qiladi.
янв.21
Konstitutsiya — davlatning mustahkam tayanchi
янв.21
Inson-eng oliy qadriyat!
янв.21
🏗 Davlat dasturi ijrosi deputatlar na’zoratida
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining bir yuz to'rtinchi sessiyasi bo'lib o'tdi

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining bir yuz to'rtinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriqdagi so‘nggi, bir yuz to‘rtinchi sessiyasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

Kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqishdan oldin Kengash raisi, viloyat hokimi E.Turdimov ushbu chaqiriqda faoliyat ko‘rsatgan deputatlarga minnatdorlik bildirdi. Bir guruh faol va tashabbuskor deputatlarga viloyat hokimligining tashakkurnomasi topshirildi.

Shundan keyin, sessiya kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar muhokama etildi:

Viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i Urakov Axat Adashevichning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-190-son qarorining viloyatdagi ijrosi yuzasidan hisoboti;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”  PQ-7-son qarori ijrosi yuzasidan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Maxmudov Temur Asomidinovichning hisoboti to‘g‘risida;

jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida;

jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risida;

xalq deputatlari viloyat Kengashining 2023-yil 27-dekabrdagi “Samarqand viloyatining 2024-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”

VI-94-126-7-0-K/23-son qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida;

“O‘zbektelekom” AKning mobil va simli ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini rivojlantirish” loyihasi doirasida telekommunikatsiya infratuzilmasini Samarqand viloyatida yanada rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha konsepsiyasini kelishish to‘g‘risida;

xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024-yil 24-sentabrdagi

“Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”

VI-103-104-7-0-K/24-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;

viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.

Sessiya ishida viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i Ahad O‘roqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining viloyatdagi ijrosi yuzasidan hisobot berdi.

Ammo zarur ma’lumotlar taqdim etilmagani sababli deputatlar hisobotni qabul qilmadi. Ushbu masala Kengashning keyingi chaqiriqdagi sessiyasida qayta ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 7