Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettichi chaqiriq 24- sessiyasini chaqirish kunini o'zgartirish haqida
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq yigirma to‘rtinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
янв.21
#munosabat
янв.21
📍Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi 25-dekabr kuniga tuman hokimligining majlislar zalida o‘tkaziladi
янв.21
Konstitutsiya-shaxs daxlsizligining kafolatidir
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman kengashining 21-sessiyasi chaqirildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik amal qiladi.
янв.21
Konstitutsiya — davlatning mustahkam tayanchi
янв.21
Inson-eng oliy qadriyat!
янв.21
🏗 Davlat dasturi ijrosi deputatlar na’zoratida
Aholi muammolariga deputatning tezkor va samarali yechimlari

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining faol deputati Dilabr Normurodova o‘z saylovchilarining muammolarini hal etishda yana bir bor namuna ko‘rsatdi. Deputatning aholi manfaatlari yo‘lidagi aniq va tezkor harakatlari natijasida shahardagi 11-sonli umumta’lim maktabi hududidagi muammo muvaffaqiyatli bartaraf etildi. Bu deputatning fuqarolar bilan doimiy muloqotda bo‘lishi va ularning haqli e’tirozlariga mas’uliyat bilan yondashishi samarasidir.

Shahardagi 11-sonli umumta’lim maktabi hududida uzoq vaqtdan beri saqlanib kelayotgan chiqindi uyumlari maktab jamoasi, ota-onalar va yaqin atrofda yashovchi aholi orasida haqli xavotirlarga sabab bo‘layotgan edi. Bu nafaqat estetik jihatdan noxush manzara, balki bolalar salomatligiga jiddiy tahdid soluvchi antisanitariya o‘chog‘iga aylangan edi.

Deputat Dilabr Normurodova ushbu muammoni fuqarolarning murojaati asosida zudlik bilan o‘rgandi. Deputatning qat’iy talabi va shaxsiy nazorati ostida qisqa muddat ichida maktab atrofidagi barcha chiqindi uyumlari tozalanib, hudud sanitariya talablariga muvofiq holatga keltirildi. Endilikda maktab o‘quvchilari toza va sog‘lom muhitda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Dilabr Normurodovaning o‘z vakolatlaridan samarali foydalanib, aholining kundalik muammolarini tezkorlik bilan hal etishga bo‘lgan intilishining yaqqol namunasidir. Ushbu faoliyat Prezidentimiz ilgari surgan “Inson qadri uchun” tamoyilining amaldagi ifodasi bo‘lib, mahalliy Kengashlar va deputatlarning aholi turmush farovonligini oshirishdagi muhim o‘rnini yana bir bor tasdiqlaydi. Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi aholi bilan doimiy muloqotni davom ettiradi va har bir murojaatni e’tiborsiz qoldirmaydi.

Slide 1 of 3