Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettichi chaqiriq 24- sessiyasini chaqirish kunini o'zgartirish haqida
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq yigirma to‘rtinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
янв.21
#munosabat
янв.21
📍Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi 25-dekabr kuniga tuman hokimligining majlislar zalida o‘tkaziladi
янв.21
Konstitutsiya-shaxs daxlsizligining kafolatidir
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman kengashining 21-sessiyasi chaqirildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik amal qiladi.
янв.21
Konstitutsiya — davlatning mustahkam tayanchi
янв.21
Inson-eng oliy qadriyat!
янв.21
🏗 Davlat dasturi ijrosi deputatlar na’zoratida
Deputat mahallada

 ❄️ Qishning sovug‘ida maktablar issiqmi?  

13-Chimqo‘rg‘on saylov okrugi
deputati M.Usmonova hududdagi 18-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib,
muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.
 

O‘rganish davomida asosiy
e’tibor quyidagilarga qaratildi:
 

Isitish tizimining sozligi:
Sinf xonalaridagi harorat meyor talablariga javob berishi tekshirildi.
 

Ko‘mir zaxirasi: Qishning
chillasida isitish tizimi to‘xtab qolmasligi uchun jamg‘arilgan yoqilg‘i bazasi
va uning sifati ko‘zdan kechirildi.
 

"Ta’lim maskanida
bolalarning sifatli bilim olishi uchun, avvalo, issiq va qulay sharoit zarur.
Bizning vazifamiz mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf
etishdir," — ta’kidladi deputat.
 

O‘rganish yakunlariga ko‘ra,
mas’ullarga isitish tizimidan samarali foydalanish va energiya tejamkorligini
ta’minlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Mavsum davomida
issiqlik ta’minoti deputatlik nazoratida qoladi.
  

Slide 1 of 2