Bugun Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati Nishonov Abdumalik Narziyevich 47-maktabda kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi.
Tashrif davomida maktabdagi sinfxonalar, isitish tizimlari, yong‘in xavfsizligi vositalari hamda qo‘shimcha muhofaza choralari ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quvchilarning qish mavsumida bemalol ta’lim olishi uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Ta’kidlanganidek, farzandlarimizning xavfsiz va qulay muhitda o‘qishi — barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir. Shu bois ta’lim muassasalarini sovuq mavsumga to‘liq tayyorlash ustuvor vazifa etib belgilandi.
Nishonov Abdumalik
Toyloq tuman Kengashi deputati