Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettichi chaqiriq 25- sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
янв.21
“Bulung’ur hayoti” gazetasi tahririyatida matbuot anjumani o’tkazildi
янв.21
⚡️Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettichi chaqiriq 24- sessiyasini chaqirish kunini o'zgartirish haqida
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq yigirma to‘rtinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
янв.21
#munosabat
янв.21
📍Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi 25-dekabr kuniga tuman hokimligining majlislar zalida o‘tkaziladi
янв.21
Konstitutsiya-shaxs daxlsizligining kafolatidir
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman kengashining 21-sessiyasi chaqirildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik amal qiladi.
янв.21
Konstitutsiya — davlatning mustahkam tayanchi
Nazorat-tahlil tadbiri

Aholi, ta’lim muassasalari hamda ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarining uzluksiz faoliyatini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar doirasida bir qator yo‘nalishlarda monitoring, o‘rganish va amaliy choralar belgilab borilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari A.Mustafakulov, A.Ashurov, I.Shatova hamda O.Lapasovalar shahardagi 8-, 15-sonli umumta’lim maktablarining kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib borishdi.

O‘rganish jarayonida ta’lim jarayonining uzluksiz va sifatli tashkil etilishi yuzasidan maktablarning isitish tizimi, elektr tarmoqlari, deraza-romlarining holati, sinf xonalarining yoritilishi, xavfsizlik talablari ko‘zdan kechirilib, deputatlar tomonidan ta’minot tizimidagi ba’zi texnik nosozliklar, ta’mir talab joylar va boshqa ayrim muammoli jihatlar ko‘rsatib o‘tildi.

Shundan so‘ng, deputatlar tomonidan aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga so‘rovlar yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 11