Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettichi chaqiriq 24- sessiyasini chaqirish kunini o'zgartirish haqida
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq yigirma to‘rtinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
янв.21
#munosabat
янв.21
📍Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi 25-dekabr kuniga tuman hokimligining majlislar zalida o‘tkaziladi
янв.21
Konstitutsiya-shaxs daxlsizligining kafolatidir
янв.21
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman kengashining 21-sessiyasi chaqirildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik amal qiladi.
янв.21
Konstitutsiya — davlatning mustahkam tayanchi
янв.21
Inson-eng oliy qadriyat!
янв.21
🏗 Davlat dasturi ijrosi deputatlar na’zoratida
Navoiyda havodan ichimlik suv ishlab chiqarilmoqda

 Bugungi kunda global miqyosda ichimlik suviga boʻlgan talab ortib bormoqda. Iqlim oʻzgarishi, ekologik muammolar va suv resurslarining cheklangani sababli ko‘plab mamlakatlarda toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoj yanada dolzarb masalaga
aylangan. Aynan shunday sharoitda suvni tejash, undan oqilona foydalanish hamda innovatsion yechimlar orqali yangi suv manbalarini yaratish eng muhim vazifalardan biri bo‘lib bormoqda.
 

Shu jihatdan, Navoiy erkin iqtisodiy zonasida amalga oshirilgan yangi loyiha alohida e’tiborga loyiq. Bu yerda issiq va quruq iqlim sharoitlarida havodan ichimlik suv olishga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi qurilma sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazilgan edi. Qurilma har kuni 1000 litr toza ichimlik suvini havodagi namlikdan ajratib ishlab chiqarishga qodir. 

Eng qizig‘i, bu texnologiya ekologik jihatdan toza bo‘lib, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanadi. Jahon amaliyotiga nisbatan ikki baravar kam energiya sarflaydi. Qurilma 8–50 °C harorat oralig‘ida, namlik 25 foizgacha bo‘lgan sharoitda ham samarali ishlay oladi. Bu esa O‘zbekistonning qurg‘oqchil va cho‘l hududlari, ayniqsa Navoiy viloyati uchun nihoyatda qulay yechimdir. 

Qurilmaning ishlab chiqarayotgan suvi sanitariya talablariga to‘liq javob beradi – bu davlat ekspertizasi tomonidan tasdiqlangan. Endilikda ushbu innovatsion texnologiya yordamida chekka va suv tanqisligi mavjud hududlarda sifatli ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojni qondirish mumkin. 

 Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi rais o‘rinbosari, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputat yordamchisi, Karmana tuman Kengashi deputati A.Jo‘rayev, O’zNNTMA Navoiy viloyati hududiy bo’linmasi rahbari, Karmana tuman Kengashi deputati Z.Tog‘ayevlar tomonidan mazkur texnologiyani borib oʻrgandi.
O‘rganish davomida ular qurilmaning ishlash prinsipi, samaradorligi va ekologik foydasi bilan yaqindan tanishdilar.
 

Yana bir muhim jihat – bu qurilmaga nafaqat O‘zbekiston, balki xalqaro miqyosda ham katta qiziqish mavjud. Afrika, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyoning 32 ta davlati bu texnologiyani xarid qilish niyatini bildirgan. 2025-yilga kelib esa Navoiy erkin iqtisodiy
zonasi hududida yiliga 500 dona havodan ichimlik suv ajratuvchi qurilma ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
 

Bu texnologiya nafaqat ichimlik suv muammosiga yechim, balki ekologik barqarorlik va innovatsion rivojlanish yo‘lidagi muhim qadamdir. O‘zbekiston ilm-fani va texnologiyalarining yutuqlari xalqaro maydonda ham e'tirof etilmoqda!  

Slide 1 of 6