Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
MUROJAATLAR VA IJRO MASALALARI YUZASIDAN UCHRASHUV
янв.21
Murojaatnomaga munosabat.
янв.21
“Jaxolatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Harbiy xizmatdagi askarlar bilan videomuloqot tashkil qilindi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi va 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Buloqboshi tumanida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
Deputat tomonidan mahalladagi ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o’tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashini navbatdagi 15-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFAT
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashi deputati E.Adilov tumandagi 10-umumta’lim maktabida “Bilimlar bellashuvi” tadbirida bo‘ldi.
Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tadi

Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tadi  

Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Sessiya kun tartibidan jami 9 ta masala o‘rin olgan bo‘lib, tumaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, huquq-tartibot va moliyaviy masalalar muhokama qilinadi.  

Kun tartibidan o‘rin olgan masalalar:  

 2025 yilda Buvayda tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi.  

Sessiyada tuman hokimi Behzodjon Odiljonovich Ibragimov ushbu masala yuzasidan axborot beradi. Dastur doirasida iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, infratuzilmani modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan. Jumladan:  

- Sanoat, tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish;  

- Yo‘l infratuzilmasi va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash;  

- Ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalarida sharoitlarni yaxshilash;  

- Aholi bandligini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish.  

 Tumanda qonuniylikni ta’minlash va huquq-tartibotni mustahkamlash.  

Buvayda tuman prokurori, adliya maslahatchisi Z.M. Sulaymonov 2024 yil davomida jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolar murojaatlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot beradi.  

 Tuman Ichki ishlar bo‘limi (IIB) rahbari Sh. Ahmedovning 2024 yilda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha hisobot.  

 Majburiy ijro byurosi Buvayda tuman bo‘limi tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar qarorlarini ijro etish samaradorligi.  

Buvayda tumani Adliya bo‘limi faoliyati. 2024 yil davomida davlat organlari va tashkilotlarning norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha olib borilgan ishlar tahlil qilinadi.  

 2025 yilga mo‘ljallangan ish rejalari tasdiqlanadi.  

Xalq deputatlari tuman Kengashi va doimiy komissiyalarning kelgusi yil uchun ish rejasi tasdiqlanadi.  

✅ Mahalliy budjet ijrosi va moliyalashtirish masalalari. Sessiyada quyidagi moliyaviy masalalar ko‘rib chiqiladi:  

   - 2024 yil mahalliy budjet ijrosi;  

   - 2025 yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish rejasi;  

   - 2024 yil IV choragida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobot.  

Sessiya davomida har bir masala yuzasidan keng muhokama o‘tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilinadi.  

Slide 1 of 9