Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ajrim yoqasidagi oilalar taqdiri – e’tibor markazida”
янв.21
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
MUROJAATLAR VA IJRO MASALALARI YUZASIDAN UCHRASHUV
янв.21
Murojaatnomaga munosabat.
янв.21
“Jaxolatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Harbiy xizmatdagi askarlar bilan videomuloqot tashkil qilindi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi va 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Buloqboshi tumanida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
Deputat tomonidan mahalladagi ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o’tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashini navbatdagi 15-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFAT
ChINOZ TUMANI. DEPUTAT SAYLOVChILAR BILAN UChRAShUV O‘TKAZDI.

ChINOZ TUMANI. DEPUTAT SAYLOVChILAR BILAN UChRAShUV O‘TKAZDI.

     O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Chinoz tumanidagi mahallarda deputatlar va “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlikda aholi muammolarini o‘rganish va tizimli ravishda hal etish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.

     Jumladan, 1-Markaz saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Elyorjon Saidov tomonidan “Xo‘ja” mahallasidagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

     Uchrashuvda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati F.Ibragimova, tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari T.Axmedov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

     Deputat Elyorjon Saidov tomonidan uchrashuvda ishtirok etayotgan fuqarolarga davlatimiz tomonidan insonlar va xalqimiz manfaati va farovonligi yo‘lida qabul qilinayotgan Qonun hujjatlari, Prezident Farmon va Qarorlari, Oliy Majlis Senati Qarorlari va hujjatlarining mazmun-mohiyati va maqsad, vazifalari to‘g‘risida atroflicha tushuntirish berildi.

     “Xo‘ja” mahallasi fuqarolari tomonidan mahalladagi mavjud muammolar bo‘yicha yigirmadan ortiq masalalar va ularning qanday yechim topishi bo‘yicha savol va takliflar berildi. 

     Uchrashuvda ko‘tarilgan barcha masalalarning yechimi bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda tegishli mas’ullar tomonidan belgilangan tartibda ijrosini ta’minlash belgilab olindi.

Slide 1 of 7