Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ajrim yoqasidagi oilalar taqdiri – e’tibor markazida”
янв.21
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
MUROJAATLAR VA IJRO MASALALARI YUZASIDAN UCHRASHUV
янв.21
Murojaatnomaga munosabat.
янв.21
“Jaxolatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Harbiy xizmatdagi askarlar bilan videomuloqot tashkil qilindi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi va 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Buloqboshi tumanida tadbir o‘tkazildi.
янв.21
Deputat tomonidan mahalladagi ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o’tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashini navbatdagi 15-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFAT
Xalq deputatlar Sardoba tumani Kengashi

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashining navbatdagi 6-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibida 12 ta masala ko'rilib, kun tartibiga qo‘yilgan qaror loyihasi deputatlar orasida keng muhokamalar va munozaralar asosida qabul qilindi va tasdiqlandi.

Sessiya kun tartibida quydagi masalalar ko'rib chiqildi: 

1) Tuman Prokuraturasi tomonidan 2024-yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida 

2) Tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan tadbirlar to‘g‘risida. 

3) Tuman davlat Soliq Inspektsiyasi tomonidan 2024-yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida 

4) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi tomonidan 2024-yil da amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

5) Tuman Adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sardoba tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2024-yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

7) Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

8) Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan 2024-yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

9) Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi tomonidan 2024-yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

10) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-son Qarorining ijrosi to‘g‘risida.

11) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-223-sonli Farmonining tumandagi ijrosi yuzasidan tuman hokimining axboroti

12) Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputatlarining o‘z saylovchilari oldida axborot berishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masalalar ko'rib chiqildi.

Sessiya ishi Sardoba tumani hokimligining Instagram ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasida janli efirga uzatildi  

Slide 1 of 10