35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Deputat faoliyatidan

📚 18-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

🔹 Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 10-“Gulobod” saylov okrugidan saylangan deputati Kamolov Abrorjon Abduxakimovich tomonidan 18-sonli umumta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish jarayonida farzandlarini 1-sinfga joylashtirayotgan ota-onalar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.

📌 Shuningdek, yangi o‘quv yilini munosib boshlash, o‘quvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2