Yangiliklar

#Murojaatlar_nazoratda

Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi 17-Sharq Yulduzi saylov okrugi deputati Sh. Karimov tomonidan Sharq Yulduzi MFY idora xodimlari ishtirokida kichik yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan murojaatlar va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar belgilangan tartibda okrugi aylanish jurnaliga qayd etildi.

Deputat tomonidan murojaatlarning o‘z vaqtida va qonuniy hal etilishi, aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

✅ Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va ularning muammolariga yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

| Web.sayt | Telegram | Facebook | Youtube| Instagram |
Slide 1 of 5