35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Deputatlik nazorati: 38-oilaviy poliklinika filialidagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi

O‘rganishlar davomida ob’ektda ta’mirlash ishlari belgilangan muddatlarda yakunlanmagani sababli aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida muayyan noqulayliklar yuzaga kelayotgani aniqlandi.
Mazkur masala deputat tomonidan avval ham nazoratga olinib, 2026 yil 30 yanvar kuni 5-DS-404-26-sonli deputat so‘rovi yuborilgan edi. Unga javoban tuman Tibbiyot birlashmasining 2026 yil 2 fevraldagi 01-17/98-sonli xatida 38-oilaviy poliklinika filialida ta’mirlash ishlari boshlangani hamda ularni qisqa muddatlarda yakunlash choralari ko‘rilayotgani ma’lum qilingan.
Biroq joyiga chiqqan holda olib borilgan nazorat tadbiri davomida qurilish-ta’mirlash ishlari ma’lum vaqt amalga oshirilganidan so‘ng to‘xtab qolgani va bugungi kunga qadar to‘liq yakunlanmagani ma’lum bo‘ldi.
Shu munosabat bilan tuman Tibbiyot birlashmasiga qurilish-ta’mirlash ishlarini jadallashtirish, ob’ektni tez fursatlarda foydalanishga topshirish hamda aholining sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini ta’minlash yuzasidan “Deputatlik so‘rovi” yuborildi.
Deputatlik nazorati doirasida mazkur masalaning ijrosi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 5