35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Aholi murojaati va xavfsizlik — e’tiborda!

Xususan, “Kuyuk ko‘pir” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi Yoshlar kelajagi va Eshonovul ko‘chalari kesishmasida joylashgan svetofor nosoz holatga kelib qolgani yuzasidan hudud aholisidan ko‘plab murojaatlar kelib tushgan. Ushbu chorrahada harakat xavfsizligini ta’minlash hamda haydovchi va piyodalarga qulaylik yaratish maqsadida deputat M.Urazbayev tomonidan mas’ul tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida ushbu chorrahaga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul korxona va malakali mutaxassislarni jalb etgan holda nosozlikni qisqa fursatda bartaraf etish hamda fuqarolarimiz uzog‘ini yaqin, yo‘llarini xavfsiz qilish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish so‘ralgan.

Slide 1 of 3