35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

📌 Deputat tashabbusi bilan kam ta’minlangan oila muammosi ijobiy hal etildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati J.Quryazov tomonidan mahallada ko‘chama-ko‘cha yurib o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida fuqaro N.Ahmedovaning murojaati o‘rganildi. Boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar reyestriga kiritilgan fuqaroning uy-joyi tom qismi ta’mirtalab ekani aniqlandi.

🤝 Deputat tashabbusi bilan muammo qisqa muddatda ijobiy hal etilib, xonadonning 68 kvadrat metr tom qismi shifer bilan yopib berildi. Mazkur amaliy ko‘mak orqali oilaning yashash sharoitini yaxshilashga munosib hissa qo‘shildi.

Slide 1 of 1