35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

📌 "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Z.Arazova tomonidan "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida mahalladagi maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlar hamda bolalarning mazmunli dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

🏫 O‘rganish davomida ta’lim-tarbiya jarayoni, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlarining tashkil etilishi, muassasaning moddiy-texnik bazasi va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, ularni bartaraf etish hamda ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1