Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 25-MAY VA 26-MAYGA MO'LJALLANGAN HAFTALIK DAYJESTI.
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Kotibiyat ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida, hududdagi ichki yo‘llarning yaroqsiz va nosoz qismlarini o‘rganish, aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida ularni ta’mirlash va qayta tiklash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga takliflar kiritish hamda nazorat o‘rnatish bo‘yicha xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan “Ma’naviyat” mahallasi “Nayman” ko‘chasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mazkur ko‘chada yaqinda asfalt qilingan yo‘l qismida cho‘kish va o‘pirilish holatlari yuzaga kelgani aniqlandi. Ushbu holat transport vositalari harakatlanishida noqulayliklar tug‘dirayotgani qayd etildi. Huddi shunday holat “Ziynat” ko‘chasida ham aniqlandi

Shu munosabat bilan deputat tomonidan mazkur muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi hamda aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish choralarini ko‘rish ishlari olib borilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4