Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 25-MAY VA 26-MAYGA MO'LJALLANGAN HAFTALIK DAYJESTI.
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING 18-22-MAY KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTA DAYJESTI BO‘YICHA QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI.
янв.21
Hududiy muammolar o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN MUHOKAMA YIG‘ILISH TASHKIL ETILDI.
янв.21
Tadbirkorlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI YUBORILDI
янв.21
HAFTA DAYJESTI
янв.21
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashing o'tgan hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo'yicha ma'lumot.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot – hududdagi muammolar yechimiga xizmat qiluvchi amaliy maydon

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Fuqarolar bilan ochiq muloqot – hududdagi muammolar yechimiga xizmat qiluvchi amaliy maydon

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Axrorxon Xashimxonov tomonidan Sergeli tumanidagi Izzatli mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda mahalla faollari, tegishli tashkilotlar vakillari, hududga biriktirilgan bojxona xodimi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, fuqarolar murojaatlari va istiqboldagi tashabbuslar yuzasidan keng fikr almashildi.

📝 Muloqot davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalar bevosita tinglanib, ularning yechimiga doir amaliy takliflar muhokama markazida bo‘ldi. Xususan, hududni obodonlashtirish, ichki infratuzilmani yaxshilash, yoshlar bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan aniq yo‘nalishlar belgilab olindi.

🔎 Shuningdek, mahallaga biriktirilgan bojxona xodimi bilan hamkorlikda hududda olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, manzilli yordam ko‘rsatish, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish va mahalla miqyosida ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolar tashabbusi bilan ilgari surilgan takliflar mahallani rivojlantirish nuqtayi nazaridan muhim ekani qayd etildi.

⚖️ Uchrashuvning muhim jihatlaridan biri sifatida Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik klinika vakillari tomonidan mahalla aholisi uchun bepul huquqiy konsultatsiyalar tashkil etildi. Fuqarolarga ularning murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, amaldagi qonunchilik asosida zarur tavsiya va yo‘riqnomalar taqdim etildi.

🤝 Yakunda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarni tizimli ravishda ko‘rib chiqish, ularni tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda mahalladagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi. Bu kabi uchrashuvlar xalq bilan muloqotni mustahkamlash, muammolarni joyida aniqlash va ularni manzilli hal etishning samarali mexanizmi sifatida izchil davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8