Kosonsoy tumanidagi S. Sheroziy MFY, Oltindiyor ko‘chasida istiqomat qiluvchi, uzoq yillardan buyon xastalik bilan kurashib kelayotgan fuqaro Rahimov Ikromali xonadoniga Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati Z. Nuriddinov tashrif buyurdi.
🤝 Tashrif davomida deputat bemor holidan xabar olib, uning sog‘ligi, yashash sharoiti hamda oila a’zolarining muammolari bilan yaqindan tanishdi.
✨ Suhbat jarayonida bemorning davolanishi, zarur dori-darmonlar ta’minoti, tibbiy xizmatlardan foydalanish holati atroflicha o‘rganildi.
✍️ Shuningdek, deputat tomonidan:
— tibbiy muassasalar bilan bog‘lanib, zarur tibbiy yordamni kuchaytirish
— ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalarini hal etish
— moddiy yordam ajratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish
— mahalla va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi
🎁 Tashrif davomida bemor xonadoniga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalari yetkazib berildi
🌐 Deputat o‘z so‘zida har bir fuqaroning dardi va muammosi e’tibordan chetda qolmasligi, ayniqsa yordamga muhtoj oilalarga doimiy ko‘mak berish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.