Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📌O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabr kuni tasdiqlangan 2026–2028-yillarda mamlakatimizda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-393-sonli Qarori ijrosi doirasida hududlarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

✅Xususan, Oqoltin tumani Andijon MFY hududida joylashgan 7-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari bilan Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi yaqindan tanishdi.

✅O‘rganish jarayonida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi ko‘zdan kechirilib, quruvchilar bilan suhbat o‘tkazildi. Shuningdek, ishlarni sifatli hamda belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5