Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tomonidan joriy haftada belgilangan barcha tadbirlar to‘liq amalga oshirildi.
✅ 20 aprel — Kengash kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Yoshlar maslahat guruhi” bilan birgalikda Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘linmasidagi kutubxona faoliyati bilan tanishdi.
✅ 21 aprel — Doimiy komissiya tomonidan tumanga kiritilayotgan investitsiyalar muhokama qilinib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.
✅ 22 aprel — Deputat Turdiyev Anvar Xaytbayevich hududdagi investitsiyalarning bugungi holatini o‘rganib chiqdi.
✅ 23 aprel — Deputat Artikov Davron Omarbayevich tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati tahlil qilindi.
✅ 24 aprel — Kengash raisi Xidirbayev Rashid Xidirbayevich ekspert guruhi a'zolarilar bilan birgalikda aholi bandligi holatini o‘rgandi.
✨ Amalga oshirilgan ishlar hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.