Tashrif davomida poliklinikaning moddiy-texnik bazasi, shifokorlar faoliyati va bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Deputat tomonidan sohaga oid muhim masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Bunday tashriflar tibbiyot xizmatlari sifatini yanada oshirish va aholiga yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.