Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati A.Sultanov “Olmabog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ichki infratuzilma va obodonlashtirish ishlarining holatini o‘rgandi. Shuningdek, o‘rganish jarayoni davomida mahalladagi ko‘p qavatli uylarning bugungi holatiga ham alohida e’tibor hamda fuqarolar murojaatlariga, ularni qiynayotgan muammolarga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganishlar natijasida hududda maishiy chiqindilarning to‘planib qolgani, daraxt shox-shabbalarining tartibsiz kesilib, belgilanmagan joylarga tashlangani ba’zi ko‘p qavatli uylarning xozirgi xolati juda achinarli xolatda ekanligi aniqlandi. Mazkur holatlar hududning ekologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi barobarida, aholi uchun ham qator noqulayliklar tug‘dirishi qayd etildi.